F-KASSA dasturida MXIK kodini qo'shishga doir yo'riqnoma
F-KASSA dasturida "Добавить ИКПУ код" deb nomlangan tovar uchun MXIK kodini qo'shish funksiyasi mavjud (1-rasm).
Ushbu funksiya faqat MXIK kodlari yangilangan ma'lumotnomasi mavjud bo'lgan holatda ishlaydi. Buning uchun komp'yuter (F-KASSA dasturi o'rnatilgan) yuqorida qayd etilgan ma'lumotnomani yuklab olish uchun hech bo'lmaganda kuniga 1 marta internetga ulanishi kerak. MXIK kodlari ma'lumotnomasi yangilanganligini tekshirish uchun "Настройки" bo'limiga kirish va "Параметры" funksiyasini tanlash kerak. Bu yerda yangi darchada ma'lumotnomaning yangilanish sanasi aks ettiriladi (2-rasm).
Sichqonchaning o'ng tugmasi bosilganida tovarni tanlash darchasida "Добавить ИКПУ код" funksiyasini tanlash kerak. Shundan so'ng tovar nomini aks ettirgan kichik darcha chiqadi, so'ngra "OK" tugmasini bosish kerak (3-rasm).
So'ngra ma'lumotnomadan tovar tanlovini o'z ichiga olgan darcha chiqadi. Ushbu tovarni dozasi, ishlab chiqarish shakli va bitta o'ramda donalar miqdori kabi barcha mezonlar bo'yicha topish kerak. Agar Siz o'zingizga kerakli tovarni topolmasangiz, o'xshash tovarni yoki boshqa dozali xuddi shunday tovarni tanlashingiz mumkin
(4-rasm).
Kerakli MXIK kodi tanlanganidan so'ng Enter tugmasini bosish yoki sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish kerak. MXIK kodi tovarni tanlash darchasidagi «ИКПУ» ustunchasiga kiritilganidan so'ng "17" raqami paydo bo'lishi kerak. Bu tovar uchun MXIK kodi kiritilganligini anglatadi (5-rasm).
Izoh: dorixona tarmog'i filiallarida "Добавить ИКПУ код" funksiyasi orqali saqlangan yangi MXIK kodi bosh dorixonadan yuborilgan navbatdagi ma'lumotnoma yangilangungacha vaqtincha aks ettiriladi.
FOM GROUP
Toshkent sh., Sh.Rashidov ko'chasi, 93a uy
Теl: +998 (71) 207-08-08
E-mail: info@fomgroup.uz
www.fomgroup.uz