Mahsulotlarga QQS stavkasini oʼzgartirish boʼyicha yoʼriqnoma
Mahsulotlarga QQS stavkasini oʼzgartirish uchun F-APTEKA dasturining "Цены" boʼlimiga kirish va «Настройка ценообразования» sahifasini ochish kerak (1-rasm).
1-rasm. «Цены» boʼlimi.
Keyin «Стандартные наценки» sahifasiga kirish va "QQS" ustunida belgini 12 ga oʼzgartirish kerak
(2-rasm).
2-rasm. «Стандартные наценки» sahifasi
Belgi oʼzgartirilganidan keyin, klaviaturadagi pastga tugmasini bosish kerak. Ushbu protsedurani, agarda sizda dorixonalar tarmogʼi boʼlsa, har bir filialda bajarish kerak. Bu oʼzgartirishlardan keyin tovar sotilganda chekda 12% miqdorida QQS chiqadi (3-rasm).
3-rasm. Tovar cheki
Keyin QQS li tovarlar uchun narxni tushirish va qayta narxlash kerak boʼladi. Buning uchun yana «Цены» boʼlimiga kirish va «Переоценка» sahifasini ochish kerak
(4-rasm).
4-rasm. «Переоценка» sahifasi.
Keyin oq varaq belgili tugmani bosib, yangi qayta baxolash hujjatini tuzish kerak boʼladi. Shundan keyin QQS li tovarlarni tanlash, klaviaturadagi Enter tugmasini bosish va «Цена розничная 1» qatorida va «Новая» ustunida yangi narxni kiritish kerak boʼladi (5-rasm).
5-rasm. Tovarning yangi narxini kiritish uchun oyna
Keyin «Сохранить» tugmasini bosish kerak. Shundan keyin qizil kvadratdagi krestcha koʼrinishidagi tugmani bosgan holda, hujjatdan chiqish va «Активация» tugmasini bosish kerak. Faollashtirilgandan keyin tovarning narxi avtomatik ravishda yangi narxga oʼzgaradi. Ushbu protsedurani, agarda sizda dorixonalar tarmogʼi boʼlsa, har bir filialda bajarish kerak.
FOM GROUP
Toshkent sh., Sh.Rashidov ko'chasi, 93a uy
Теl: +998 (71) 207-08-08
E-mail: info@fomgroup.uz
www.fomgroup.uz